Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi

Ishonch telefoni:
+998 79 2205011

Navoiy viloyati Navoiy shahri
Zarapetyan ko'chasi 10-uy

💠Aholiga sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish va hududlar obodonligi — bosh mezon!

Uy-joy kommunal xo‘jaligi tizimida xizmat ko‘rsatish sifatini yangi bosqichga olib chiqish, ko‘p qavatli uylar atrofida qulay va xavfsiz muhit yaratish bosh boshqarmaning doimiy nazoratida.

Navoiy viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Azizbek Otakulov hamda soha mutasaddilari tomonidan Navoiy shahridagi Boshqaruv servis kompaniyalari (BSK) faoliyati atroflicha o‘rganildi.

Jarayonda ko‘p qavatli uylarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va tizimli muammolarni tezkor hal etish, qish mavsumi tayyorgarliklari, zaxiralar yaratilganligi, bolalar maydonchalari holati,  uylarning tutash hududlarini tartibga keltirish, obodonlashtirish, sanitar holatni yaxshilashga alohida eʼtibor qaratildi.

Kuzatuv va tahlillar yakunida, shahardagi Amir Temur ko‘chasi misolida hududlarni namunali tarzda tartibga solish, tozalash va aholi uchun zamonaviy kommunal qulayliklar yaratish ishlarini tizimli tashkil

etish bo‘yicha mas‘ullarga aniq va manzilli topshiriqlar berildi.

Aholining yashash sharoitlarini yaxshilash va kommunal sohadagi muammolarni bartaraf etishga qaratilgan bu kabi nazorat tadbirlari viloyat bo‘ylab davom etmoqda.

NAVOIY VILOYATI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI BOSH BOSHQARMASI

Navoiy viloyati Navoiy shahri Zarapetyan ko'chasi 10-uy
Matbuot xizmati: 79 220-50-12
ish kunlari: Dushanba-Juma
Ish vaqti: 9:00-18:00
Tushlik: 13:00-14:00
Copyright © 2021 • Softex • All rights reserved.