Boshqaruv kompaniyalari tomonidan ko‘p qavatli uylarning fasad qismiga zamonaviy LED yoritish chiroqlari o‘rnatilmoqda.

Buning natijasida Navoiy shahri tungi paytda tamomila yangi, zamonaviy va go‘zal qiyofaga kirmoqda!
Xususan, Ziyokor, Farovon va Taraqqiyot mahallalaridagi ko‘p qavatli uylarning fasadlari tunda ko‘rkam chiroqlar bilan nurafshon bo‘lib, aholi va shahrimiz mehmonlariga ko‘tarinki kayfiyat ulashmoqda.

Ko‘chalar va uy atrofi tunda yorug‘ bo‘lishi piyodalar, ayniqsa, bolalar va keksalar harakatlanishi uchun juda qulay.

Shuningdek, LED lampalari oddiy chiroqlarga qaraganda bir necha barobar kam elektr energiyasi sarflaydi va uzoq muddat xizmat qiladi.

Ushbu jarayonlar viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshligʻi Azizbek Otakulov hamda soha mutasaddilari tomonidan tashkil etilib qisqa muddatlarda ishga tushirildi. Jarayon shaharning boshqa hududlarida ham olib boriladi.

