Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi

Ishonch telefoni:
+998 79 2205011

Navoiy viloyati Navoiy shahri
Zarapetyan ko'chasi 10-uy

✅Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-184, PF-63 va PF-175-sonli farmonlari mazmun-mohiyati, tadbirkorlik subyektlarini tekshirishning belgilangan tartiblari, «Yagona davlat nazorati” axborot tizimi va «Biznes himoya” mexanizmlari, shuningdek, tadbirkorlarga yaratilgan huquqiy kafolatlar, imtiyoz va preferensiyalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.



➡️Uchrashuv davomida sohaga oid dolzarb masalalar, tadbirkorlar faoliyatida uchrayotgan muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

⚫️Xususan, qurilish jarayonlarida byurokratik to‘siqlarni kamaytirish, xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish hamda tadbirkorlik subyektlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Jumladan Konimex tumanida faoliyat yuritib kelayotgan «Azat-Azamat» tadbirkorlik subyektiga tegishli hududda qurilgan noturar obyektining shaharsozlik hujjatlarini rasmiylashtirish hamda tadbirkor F. Nurakayev 10 yil muddatga olingan yer maydonida umumiy ovqatlanish binosi qurishga ruxsatnoma olish yuzasidan murojaatlari bosh boshqarma mutaxassislari tomonidan amaldagi qonunchilik doirasida ko‘rib chiqildi va ijrosi nazoratga olindi.

✔️Ta’kidlanganidek, hamkorlikda tashkil etilayotgan bunday ochiq muloqotlar mavjud muammolarni tezkor hal etish hamda tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Navoiy viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati.

NAVOIY VILOYATI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI BOSH BOSHQARMASI

Navoiy viloyati Navoiy shahri Zarapetyan ko'chasi 10-uy
Matbuot xizmati: 79 220-50-12
ish kunlari: Dushanba-Juma
Ish vaqti: 9:00-18:00
Tushlik: 13:00-14:00
Copyright © 2021 • Softex • All rights reserved.