Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi

Ishonch telefoni:
+998 79 2205011

Navoiy viloyati Navoiy shahri
Zarapetyan ko'chasi 10-uy

✅Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi delegatsiyasi ayni paytda Xitoy Xalq Respublikasida malaka oshirmoqda. Vakillarimiz va yetakchi ekspertlar Xitoyning mashhur «Sichuan Wangang Metal Products» ishlab chiqarish zavodida boʻlib, qurilish jarayonini tubdan tezlashtiruvchi yangi avlod metall varaqli (listli) opalubkalari bilan tanishishdi.

🟢Ushbu texnologiyaning afzalliklari nimada?
Yuqori tejamkorlik: Oddiy alyumin opalubkalardan farqli oʻlaroq, ushbu metall opalubkalarni 200 martadan ortiq qayta ishlatish mumkin.

🧢«Lego» konstruktori tamoyili: Qoliplar bir-biriga maxsus boltlar orqali juda oson va yuqori aniqlikda birikib, murakkab shakldagi konstruksiyalar uchun ham yaxlit forma beradi.

🟢Vaqtdan yutish: Beton 1 kun ichida toʻliq qotadi va opalubkalar ichidan shikast yetkazilmagan holda yaxlit ajratib olinadi.
Delegatsiya aʼzolari sinov maydonida elektr payvandlash hamda opalubkalardan foydalanish tartib-qoidalarini amaliy tarzda oʻrganishdi.

📎Ushbu nufuzli tadbir va amaliy jarayonlarda Bosh boshqarma xodimlari Tohir Mamanov hamda Aziz Boltayev faol ishtirok etib, yurtimiz qurilish sohasi rivoji uchun kerakli bilim va ilgʻor xorij tajribasini oʻzlashtirmoqdalar.

NAVOIY VILOYATI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI BOSH BOSHQARMASI

Navoiy viloyati Navoiy shahri Zarapetyan ko'chasi 10-uy
Matbuot xizmati: 79 220-50-12
ish kunlari: Dushanba-Juma
Ish vaqti: 9:00-18:00
Tushlik: 13:00-14:00
Copyright © 2021 • Softex • All rights reserved.