Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi

Ishonch telefoni:
+998 79 2205011

Navoiy viloyati Navoiy shahri
Zarapetyan ko'chasi 10-uy

NAVOIY VILOYATIDA QURILISH VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR MATBUOT ANJUMANIDA MUHOKAMA QILINMOQDA

Bugun qurilish, uy-joy, shaharsozlik hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda viloyat hokimi o‘rinbosari Akbar Niyozov, viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi bosh boshqarmasi rahbari Aziz Otakulov, viloyat hokimi matbuot kotibi Shoxira Raubayeva, Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Otabek Aslonov, jurnalist va blogerlar hamda sohaga mas’ullar ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, 2026-yilda viloyatda 559 ta maqsadli obyekt qurilish va rekonstruksiya dasturlariga qamrab olingan bo‘lib, ularning umumiy moliyaviy limiti 2 trillion 734 milliard so‘mdan ziyodni tashkil etadi. Bugunga qadar rejaning 73,9 foizi bajarilib, 298 ta obyekt foydalanishga topshirildi.

Investitsiya dasturi doirasida 841,2 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, ijtimoiy va infratuzilma obyektlarida ishlar davom etmoqda. Navoiy davlat universitetining 12 ming o‘rinli kampusi va yangi Viloyat kardiologiya dispanseri qurilishi jadal olib borilmoqda. «Yangi Navoiy” shaharchasi va «Yangi O‘zbekiston” bog‘idagi yirik obyektlar qurilishi 86,4 foizga yetkazildi.

Aholini uy-joy bilan ta’minlash doirasida yil yakuniga qadar 5 706 xonadonli 66 ta ko‘p kvartirali uy qurish belgilangan. Hozirga qadar 2 356 xonadonli 33 ta uy foydalanishga topshirildi.

Shuningdek, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, yer ajratish jarayonlarini raqamlashtirish va shaffofligini ta’minlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish uchun elektr, gaz, issiqlik va suv ta’minoti tizimlarida zarur zaxiralar yaratilgan. Elektr ta’minotini yaxshilash uchun 10 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan, yo‘llarni qish mavsumida saqlash uchun 171 ta maxsus texnika shay holatga keltirilgan.

NAVOIY VILOYATI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI BOSH BOSHQARMASI

Navoiy viloyati Navoiy shahri Zarapetyan ko'chasi 10-uy
Matbuot xizmati: 79 220-50-12
ish kunlari: Dushanba-Juma
Ish vaqti: 9:00-18:00
Tushlik: 13:00-14:00
Copyright © 2021 • Softex • All rights reserved.