NAVROʻZ MFY AHOLI MUAMMOLARI OʻRGANILDI
Navoiy viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasiga biriktirilgan kambagʻal oila reestrida boʻlgan Konimex tumani Navroʻz MFYdagi oilalarning turmush sharoiti va muammolarini oʻrganish maqsadida bosh boshqarma boshligʻi Azizbek Otakulov MFY raisi ishtirokida aholi bilan uchrashib muloqot olib bordi.

Jarayonda kambagʻal oilalarning yashash sharoitlari, muammolari oʻrganildi hamda masʼullar ishtirokida ularning turmush sharoitini yaxshilash, bandligini taʼminlash yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, tegishli vazifalar belgilab olindi.

Ushbu jarayonlar, yurtimizdagi inson qadrini ulugʻlash, birdamlik va hamjihatlikda koʻmak berish orqali kishilar hayot farovonligini oshirish kabi umummilliy qadriyatlarimizni ifodalaydi.
