🔵Navoiy viloyatida kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish ishlari jadal davom etmoqda.

Viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i A. Otaqulov, viloyat bosh muhandisi I. Qodirov, “Issiqlik ta’minoti” MCHJ direktori hamda mutaxassislar tomonidan Navoiy shahrida amalga oshirilayotgan issiqlik tarmoqlari quvurlarini ta’mirlash ishlari ko’zdan kechirildi.
🔘O‘rganish davomida tayyorgarlik tadbirlarining o’z vaqtida sifatli yakunlash hamda issiqlik ta’minoti obyektlarining mavsumga shayligi bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

