Navoiy viloyatida Mustaqilligimizning 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
😎Eng ulug‘ va eng aziz bayramimiz — O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Navoiy viloyati hokimligida tantanali tadbir tashkil etildi.
🇺🇿Tadbirda viloyat hokimi Normat Tursunov ishtirok etib, yig‘ilganlarni va ular orqali butun viloyat ahlini qutlug‘ ayyom bilan samimiy muborakbod etdi.

👍Tantanali marosim doirasida hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh fidoyi va faol yurtdoshlarimizga davlatimizning yuksak mukofotlari, faxriy unvonlari hamda ko‘krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.

👍Shuningdek, Navoiy shahar va tuman hokimliklarida ham shu kabi tadbir o‘tkazilib, mukofotlar o‘z egalariga topshirildi.
Eʼtiroflisi, mukofotlanganlar safida Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi xodimlari, boshqaruv organlari rahbarlari ham bor.

👍Yurtimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan jamoamiz faxri bo‘lgan barcha taqdirlanganlarni yuksak eʼtirof bilan muborakbod etamiz!
Davlat va jamiyat rivoji uchun olib borayotgan sharafli xizmatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!
