Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi

Ishonch telefoni:
+998 79 2205011

Navoiy viloyati Navoiy shahri
Zarapetyan ko'chasi 10-uy

🏘O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva raisligida Navoiy viloyatida tashkiliy masalaga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

✔️Unda Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari, soha tashkilotlari rahbarlari, Navoiy viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi hamda “Issiqlik ta’minoti” MCHJ jamoasi, shuningdek, viloyatdagi boshqaruv organlari rahbarlari ishtirok etdi.

➡️Vazirning tegishli buyrug‘iga muvofiq Qodirov Ibrohim Tolibovich Navoiy viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari — uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish va ekspluatatsiya ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha bosh muhandis lavozimiga tayinlandi.

⚫️Tayinlov munosabati bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva bugungi kunda kommunal sohani rivojlantirishga qaratilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan, Prezidentimiz tashabbusi bilan ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv tashkilotlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, aholiga munosib va qulay yashash sharoitlarini yaratishda kommunal sohaning muhim o‘rni haqida so‘z yuritdi.


➡️Shuningdek, Navoiy viloyatida mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalarga to‘xtalib, islohotlarning samarali ijrosini ta’minlashda soha rahbarlari zimmasiga katta mas’uliyat yuklatilishini ta’kidladi.

📎Vazir o‘rinbosari sohada ko‘p yillik tajribaga ega, o‘z faoliyati davomida ko‘plab mutaxassislarni tarbiyalagan tajribali rahbar I.Qodirovga bildirilgan ishonchni alohida qayd etib, yangi lavozimida muvaffaqiyatlar tiladi.

✔️Yig‘ilish davomida so‘zga chiqqan Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari A. Niyozov hamda bosh boshqarma boshlig‘i A. Otaqulovlar I.Qodirovning ko‘p yillik samarali mehnat faoliyati va boshqaruv sohasidagi tajribasini e’tirof etdi.

⚫️Tadbirda kelgusida kommunal sohani yanada rivojlantirish, mavjud muammolarni tizimli bartaraf etish hamda aholi uchun munosib, qulay va sifatli yashash sharoitlarini yaratish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar belgilab olindi.

NAVOIY VILOYATI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI BOSH BOSHQARMASI

Navoiy viloyati Navoiy shahri Zarapetyan ko'chasi 10-uy
Matbuot xizmati: 79 220-50-12
ish kunlari: Dushanba-Juma
Ish vaqti: 9:00-18:00
Tushlik: 13:00-14:00
Copyright © 2021 • Softex • All rights reserved.