🔺O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” nomli ezgu g‘oya asosida yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida e’lon qilingan obodonlashtirish bo‘yicha dolzarb 40 kunlik tadbirlar keng ko‘lamda olib borilmoqda.

🔺Mazkur tashabbus doirasida Navoiy viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi bosh boshqarmasiga biriktirilgan Xatirchi tumani Zarbdor mahallasida ham obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan davom ettirilmoqda.

🔺Hashar tadbirlarida bosh boshqarma rahbari boshchiligida xodimlar, boshqaruv organlari, mahalla faollari hamda ko‘ngillilar faol ishtirok etib, mahalla hududini begona o‘tlardan tozalash, daraxtlarni oqlab shakl berish, chiqindilarni tashib ketish kabi obodonlashtirish ishlari bajarilmoqda, ariq va zovurlar, suv yo‘llari tartibga keltirilmoqda.

🔺Bulardan tashqari, bosh boshqarma boshlig’i A. Otakulov tomonidan mas’ullar ishtirokida aholi bilan uchrashuvlar uyushtirilib, boquvchisini yo’qotgan, himoyaga muhtoj oilalarga hashar yo’li bilan yordam berilib, qo’llab-quvvatlanmoqda.
