Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi

Ishonch telefoni:
+998 79 2205011

Navoiy viloyati Navoiy shahri
Zarapetyan ko'chasi 10-uy

❄️ QISH MAVSUMIGA PUXTA TAYYORGARLIK: KO‘P QAVATLI UYLAR ERTO’LALARI VA KOMMUNAL TIZIM NAZORATI

Bugun Navoiy viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Azizbek Otakulov rahbarligida soha mas’ullari va boshqaruv organlari rahbarlari ishtirokida amaliy seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda bosh boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Ibrohim Qodirov hamda soha mutaxassislari qatnashib, kun tartibidagi eng muhim masalalarni muhokama qilishdi:
🛠 Kommunal sohani rivojlantirish va xizmat ko‘rsatish sifatini yangi bosqichga olib chiqish;
🍂 Kuz-gish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini muddatidan kechiktirmasdan, sifatli yakunlash;
✨ Hududlarda obodonlashtirish va tozalik ishlariga alohida e’tibor qaratish.

📉 Amaliy tajriba va namunaviy faoliyat:
Seminar doirasida amaliy jarayonlarga urg‘u berildi. Xususan, «Marjontosh Nuri» UJMSH tomonidan amalga oshirilayotgan tizimli ishlar barchaga namuna sifatida ko‘rsatildi. Ishtirokchilar Navoiy shahridagi Islom Karimov ko‘chasi 152-uyning ertola qismida olib borilgan mukammal ta’mirlash ishlarini bevosita ko‘zdan kechirishshdi.

🎙 Jarayonlarni kuzatish davomida bosh boshqarma boshlig‘i Azizbek Otakulov soha vakillariga murojaat qilib, quyidagilarni ta’kidlab o‘tdi:

«Biz kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini aholimizning xotirjamligi, munosib shart-sharoitlarda betalofat yashashi uchun amalga oshirishimiz shart.
Bugun ko‘rib chiqilgan 152-uy ertolasidagi ishlarni bejiz boshqalarga namuna qilib ko‘rsatmadik. Boshqaruv organi tomonidan tizim to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan, kommunikatsiya tarmoqlari tartibga keltirilgan va eng muhimi — mablag‘lardan to‘g‘ri foydalanilgan. Viloyatimizdagi barcha boshqaruv organlari mana shunday ish uslubini o‘z hududlarida joriy etishlari shart. Har bir rahbar o‘z zimmasidagi vazifaga vijdonan yondashsagina, kommunal sohada aholining roziligiga erisha olamiz».

🤝 Ushbu jarayonda viloyatdagi barcha boshqaruv organlari (BSK va UJMSH) rahbarlari ishtirok etib, o‘z hududlarida qo‘llash uchun zarur tajriba va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

Tajriba almashish jarayonida bosh boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, viloyat bosh muhandisi Ibrohim Qodirov tomonidan Islom Karimov ko’chasi 152-uyda olib borilgan ta’mirlash ishlari tahlil etilib yig‘ilganlarga tushuncha berib borildi. Kommunal tizimda olib borilayotgan faoliyatdan ko‘zlangan maqsad bitta — aholi uchun qulay va xavfsiz yashash sharoitini yaratish, ekanligi ta’kidlandi.

Navoiy viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati

NAVOIY VILOYATI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI BOSH BOSHQARMASI

Navoiy viloyati Navoiy shahri Zarapetyan ko'chasi 10-uy
Matbuot xizmati: 79 220-50-12
ish kunlari: Dushanba-Juma
Ish vaqti: 9:00-18:00
Tushlik: 13:00-14:00
Copyright © 2021 • Softex • All rights reserved.