Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi

Ishonch telefoni:
+998 79 2205011

Navoiy viloyati Navoiy shahri
Zarapetyan ko'chasi 10-uy

Navoiy viloyatini rivojlantirishning strategik rejalari belgilanmoqda

Navoiy viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasida viloyat hokimligi, viloyat bosh arxitektori hamda mutaxassislar ishtirokida DOHWA Engineering kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Navoiy viloyatning uzoq muddatli hududiy rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, shuningdek, «Yangi O‘zbekiston» qiyofasi maqomi berilgan Xatirchi va Nurota tumanlari uchun zamonaviy fazoviy rejalar hamda master-rejalar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–298-son qarori asosida amalga oshirilmoqda. Tender natijalariga ko‘ra, ushbu muhim loyihani amalga oshirish huquqini Janubiy Koreyaning xalqaro tajribaga ega DOHWA Engineering kompaniyasi qo‘lga kiritgan.

Kompaniya mutaxassislari tashrif davomida Xatirchi va Nurota hududlarining bosh rejalari, rivojlanish salohiyati va dolzarb masalalari yuzasidan arxitektorlar bilan muloqot olib borishdi.

O‘rganishlar va maʼlumotlar asosida Navoiy viloyatining kelgusi rivojlanish yo‘nalishlarini belgilaydigan strategik hujjatlar ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan. Ular yer resurslaridan samarali foydalanish, transport va muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish, zamonaviy shaharsozlik tamoyillarini joriy etish hamda aholi uchun yana-da qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratishga xizmat qiladi.

Mazkur jarayonlar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Jahon banki hamkorligida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” va “O‘zbekistonda yashash uchun qulay va barqaror shaharlar” dasturlari doirasida amalga oshirilmoqda.

NAVOIY VILOYATI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI BOSH BOSHQARMASI

Navoiy viloyati Navoiy shahri Zarapetyan ko'chasi 10-uy
Matbuot xizmati: 79 220-50-12
ish kunlari: Dushanba-Juma
Ish vaqti: 9:00-18:00
Tushlik: 13:00-14:00
Copyright © 2021 • Softex • All rights reserved.