Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi

Ishonch telefoni:
+998 79 2205011

Navoiy viloyati Navoiy shahri
Zarapetyan ko'chasi 10-uy

💠O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-fevraldagi “Navoiy viloyatini barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-58-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qurilish vazirligining qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi, loyiha faoliyati va seysmik xavfsizlik talablarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Odilov rahbarligida Karmana tumanida renovatsiya asosida milliy uslubdagi madaniy, turizm va xizmat ko‘rsatish markaziga aylantirish bo’yicha ishchi guruhning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o’tdi.



🔸Unda Respublikamizdagi olim va professorlar, tarix fanlari nomzodlari, Navoiy viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi direktori o‘rinbosari Musallam Ibragimova, “Sarmishsoy” davlat muzeyi — qo‘riqxonasi xodimi Ramozon Egamov, Navoiy davlat universiteti tarix kafedrasi professori v.b., tarix fanlari nomzodi Xurshid Qurbonov, «Imrorat Development» arxitektura kompaniyasi
direktori Sulaymon Nabiyev, muzeyshunos, rassomlardan iborat ishchi guruh a’zolari va tegishli tashkilotlar vakillari muhokamalarda ishtirok etdi.

Yig’ilishda, 2300-yillik tarixga ega bo‘lgan Karmana shahrining milliylik bilan uyg‘unlashgan zamonaviy qiyofaga keltirish, aholi va sayyohlar uchun shart-sharoitlar yaratish hamda ilg‘or arxitektura yechimlariga asoslangan infratuzilmani yaratish yuzasidan miloqot olib borildi. Qosim shayx xonaqohi va Mirsaid Bahrom tarixiy ziyoratgohlari restavratsiya qilingan holda o‘zaro bog‘lanishi, “Yangi avlod” istirohat bog‘i va “Karmana dehqon bozori” bilan uyg‘unlashtirgan holda “Qadimiy Karmana” turistik markazini tashkil etilishda e’tibor qaratish lozim bo’lgan jihatlar muhokama etildi.

NAVOIY VILOYATI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI BOSH BOSHQARMASI

Navoiy viloyati Navoiy shahri Zarapetyan ko'chasi 10-uy
Matbuot xizmati: 79 220-50-12
ish kunlari: Dushanba-Juma
Ish vaqti: 9:00-18:00
Tushlik: 13:00-14:00
Copyright © 2021 • Softex • All rights reserved.