Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi

Ishonch telefoni:
+998 79 2205011

Navoiy viloyati Navoiy shahri
Zarapetyan ko'chasi 10-uy

Navoiy viloyatida ko‘p qavatli uy-joy fondini boshqarish va ularga xizmat ko‘rsatish sohasida yashirin iqtisodiyotni qisqartirish, shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash hamda aholi manfaatlarini himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🏘 Unda vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva, Bosh prokuror o‘rinbosari Salom Samadov hamda tegishli idoralar mutasaddilari, boshqaruv organlari va soha vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida davlatimiz rahbarining 48-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi, ko‘p qavatli uylarning umumiy mol-mulkidan samarali va qonuniy foydalanish, sohada yashirin iqtisodiy faoliyatga chek qo‘yish, moliyaviy intizomni kuchaytirish hamda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, ko‘p qavatli uylarning tom, fasad va yerto‘la kabi umumiy foydalanishdagi mulklari, eng avvalo, aholi mulki hisoblanadi. Ushbu obyektlardan foydalanish faqat mulkdorlarning roziligi asosida amalga oshirilishi, olinayotgan daromadlar esa uylarning texnik holatini yaxshilash, joriy va mukammal ta’mirlash ishlarini tashkil etish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yangilash hamda aholiga qulay sharoit yaratishga yo‘naltirilishi lozimligi qayd etildi.

Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda ayrim boshqaruv organlari va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan to‘liq foydalanilmayotgani, ayrim hollarda davlat va xalq ishonchiga zid ravishda faoliyat yuritilayotgani keskin tanqid qilindi. Xususan, umumiy mulkdan foydalanish bo‘yicha shaffoflikning yetarli emasligi, daromadlarning maqsadli sarflanishi yuzasidan hisobdorlikning sustligi hamda yashirin iqtisodiy faoliyatga sharoit yaratayotgan omillar mavjudligi qayd etildi.

Mas’ullar tomonidan endilikda bunday holatlarga mutlaqo yo‘l qo‘yilmasligi, qonun talablarini buzgan mansabdor va mas’ul shaxslarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishi, har bir boshqaruv organi faoliyati ochiqlik, shaffoflik va aholi oldidagi hisobdorlik tamoyillari asosida tashkil etilishi lozimligi alohida ta’kidlandi.

🔵 Shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari ustuvor vazifa sifatida belgilab olinib, uylarning muhandislik tarmoqlari, isitish tizimlari va umumiy foydalanishdagi infratuzilma obyektlarini mavsumga tayyor holga keltirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

NAVOIY VILOYATI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI BOSH BOSHQARMASI

Navoiy viloyati Navoiy shahri Zarapetyan ko'chasi 10-uy
Matbuot xizmati: 79 220-50-12
ish kunlari: Dushanba-Juma
Ish vaqti: 9:00-18:00
Tushlik: 13:00-14:00
Copyright © 2021 • Softex • All rights reserved.