Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi

Ishonch telefoni:
+998 79 2205011

Navoiy viloyati Navoiy shahri
Zarapetyan ko'chasi 10-uy

💎“Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni” munosabati bilan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi tomonidan Navoiy shahridagi “Yoshlar” saroyida bayramga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

💐 Unda Навоий вилояти hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, коммунал xo‘jalik, ekologiya ва ko‘kalamzorlashtirish masalalari бўйича o‘rinbosari Акбар Niyozov so‘zga chiqib, sohada faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarni kasb bayrami bilan samimiy tabrikladi.

Shuningdek, bosh boshqarma boshlig‘i v.b. Ozod Shodiyev hamda kommunal masalalar bo‘yicha boshliq o‘rinbosari Muyassarbek Safarov viloyatimizda kommunal sohada olib borilayotgan ishlar natijadorligi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

➡️Tadbir doirasida Navoiy viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi Navoiy shahar bo‘limi mutaxassisi Nodir Nuraliyev hamda mehnati bilan namuna ko‘rsatgan 4 nafar soha fidoyilari Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan taʼsis etilgan “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish aʼlochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Shuningdek, viloyat hokimligi hamda Navoiy shahar hokimligi tomonidan o‘z kasbiga fidoyilik bilan yondashayotgan bir guruh xodimlar tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Mukofotlangan xodimlar ushbu eʼtirofni fidokorona xizmatlariga berilgan yuksak baho, eng asosiysi — davlat ishonchining ifodasi ekanini taʼkidladi.

NAVOIY VILOYATI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI BOSH BOSHQARMASI

Navoiy viloyati Navoiy shahri Zarapetyan ko'chasi 10-uy
Matbuot xizmati: 79 220-50-12
ish kunlari: Dushanba-Juma
Ish vaqti: 9:00-18:00
Tushlik: 13:00-14:00
Copyright © 2021 • Softex • All rights reserved.