📍»Sardoba» mahallasida bunyodkorlik ishlari jadallik bilan davom etmoqda

🔴O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-298-son qaroriga muvofiq, Karmana tumanidagi “Sardoba” mahallasini Yangi O‘zbekiston qiyofasiga mos tarzda kompleks rivojlantirish belgilangan.

✅Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida hududda keng ko‘lamli qurilish, ta’mirlash, obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil amalga oshirilmoqda. Xususan, mahallada zamonaviy binolar barpo etish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yangilash, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
