“Yangi Navoiy” shaharchasi qurilish ishlari bilan tanishildi
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Toir Alimatov Navoiy viloyatida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.O’rganish davomida hududda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, ularning sifati hamda belgilangan muddatlarga muvofiq bajarilishi yuzasidan ko’rsatmalar berdi.Jarayonda Navoiy shahrida qad rostlayotgan “Yangi Navoiy” shaharchasi qurilish ishlari bilan tanishildi.

Shaharchada tiklanayotgan ko‘p qavatli turar-joy uylari, Yangi O‘zbekiston bog‘i, Amfiteatr va sunʼiy ko‘l qurilishlari ko’zdan kechirildi. Quruvchilar, tegishli masʼullar bilan uchrashib muloqot olib borlldi.

Hududda ko‘p qavatli uylar qurilishida chet el tajribasini qo‘llash, “aqlli” uylar, energiya tejamkor materiallardan foydalanish, yo‘llarning ravonligi, kommunikatsiyalarning mustahkam va samaradorligi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
