Buyurtmachi Issiqlik taʼminoti obyektlari bo‘yicha injiniring kompaniyasi DM tomonidan Navoiy viloyatida uzunligi 14 km bo‘lgan markaziy issiqlik taʼminoti tarmoqlarini tortish dasturi muhokamalari olib borilmoqda.

Unda Navoiy viloyati hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Akbar Niyozov, viloyat Qurilish va uy joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Ozod Shodiyev, Navoiy viloyati “Issiqlik ta‘minoti” MCHJ direktori Anvar Bo‘riyev hamda vazirlik vakillari ishtirok etmoqda.

Mazkur loyiha zamonaviy energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish, mavjud tizim samaradorligini oshirish hamda isteʼmolchilarga uzluksiz xizmat ko‘rsatishni taʼminlashni ko‘zda tutadi.
Muhokamalar davomida loyihaning texnik parametrlari, bosqichma-bosqich amalga oshirish rejasi va moliyalashtirish manbalari batafsil ko‘rib chiqildi.
Mutaxassislar taʼkidlashicha, ushbu loyiha hayotga tatbiq etilishi natijasida hududdagi ko‘p qavatli uylar hamda ijtimoiy obyektlarning issiqlik taʼminoti sezilarli darajada yaxshilanadi.
