👍Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi Qurilish texnikumida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i v.b. Ozod Shodiyev ishtirokida tuman yoshlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
✅Unda bosh boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Muyassarbek Safarov, tuman bo‘limi boshlig‘i Farhod Qurbonov hamda bosh boshqarma bo‘limlari boshliqlari, arxitektor va muhandislar ishtirok etdi.
Tadbirda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, muammo va takliflarini bayon etdi. Jumaladan, xususiy xonadonning kadastr hujjatlarini tayyorlab berishdagi muammolarni yechib berish, texnikum binosini taʼmirlash hamda vay-fay o‘rnatish kabi murojaatlar o‘rganilib, o‘quvchi yoshlarning yashash xonadonlariga borgan holda muammolarini yechib berishda yordam berilishi tushuntirildi. Jumladan Odilov Abdullojon turar-joy binosini hujjatlashtirishda amaliy yordam so‘ragan murojaati yuzasidan qonuniy yechim topishi bo‘yicha mutaxassislarga topshiriqlar berildi.
✅Shuningdek tadbir so‘ngida yoshlarni kitobxonlikka qiziqtirish ularning maʼnaviy salohiyatini oshirish maqsadida badiiy kitoblar to‘plami sovg‘a qilindi.