Shaharsozlik sohasi bo‘yicha:
✔️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi “Shaharsozlik faoliyati sohasida davlat boshqaruvi tizimini yana-da takomillashtirish hamda 2023-2027-yillarda aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish dasturlarini tasdiqlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-299-sonli qarori bilan tasdiqlangan Dastur doirasida 2023-yilda Navoiy viloyatida jami 11 ta shaharchalar va qishloq aholi punktlari —
✔️Qishloqqurilishloyiha” MCHJ tomonidan Navbahor tumanining “Navbahor”, Konimex tumanining “Sho‘rko‘l” Xatirchi tumanining “Tinchlik”, “Zarafshon” hamda “Bog‘chakalon” mahalla fuqarolar yig‘inlarining hamda
✔️“O‘zshaharsozlikLITI” loyiha instituti tomonidan Navbahor tumani Saroy shaharchasi, Nurota tumani Qizilcha shaharchasi, Konimex tumani Konimex shaharchasi, Xatirchi tumani Bog‘ishamol va Polvontepa shaharchasi, Tomdi tumani Tomdibuloq shaharchasining bosh reja va batafsil rejalashtirish loyihalari hamda unga yondosh mahallalarning rivojlanish sxemalari ishlab chiqildi.
Navoiy viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati
