Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasida bosh boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari N. Jumaniyozov rahbarligida, Navoiy shahar boshqaruv tashkilotlari bilan «Qish mavsumi davrida kirib kelayotgan sovuq havo oqimiga tayyor bo‘lish, 24/7 dispetcherlik xizmatlarini kuchaytirish va «Mening uyim» billing tizimidagi muammo hamda kamchiliklarni bartaraf etilishi» yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda qish mavsumining sovuq kunlarida eʼtibor qaratilishi lozim bo‘lgan vazifalar, avariya-dispetcherlik guruhlari tarkibini kuchaytirish, avtomashina, asbob-anjomlar va tegishli moddiy-texnika bilan

ta‘minlanganligini doimiy nazoratga olish kabi dolzarb masalalarga eʼtibor qaratildi, BSK rahbarlariga lozim bo‘lgan tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Navoiy viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
