Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-noyabr kuni Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida, hududlarda yakka kurash sport turlariga ixtisoslashgan yengil konstruksiyali zamonaviy sport majmualari tashkil etish topshirig’i berilgan edi.
Navoiy viloyat qurilish bosh boshqarmasi tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida yengil konstruksiyali zamonaviy sport majmualari tashkil etish uchun tanlangan yer maydonlarining taklif loyihalari ishlab chiqildi. Zarafshon shahar “Bahor” MFY hududidan «Yakka kurash» sport turlariga ixtisoslashgan universal sport majmuasi qurilishi uchun yer maydonlari tanlab olindi. Xatirchi tumanining “Bog‘ishamol” va “Navbahor” MFY hududlaridan madaniyat binosi, workoot maydonchasi MTT binosi, maktab stadioni va yakka tartibdagi turar-joy binolari qurilishi ko‘zda tutilgan.
Navoiy viloyat qurilish bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
