📊Qiziltepa tumanida M-37 xalqaro yo‘li bo‘yidagi 5 gektar maydonda «Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi» tashkil etilayotgan bo‘lib, unda jami qiymati 51,2 milliard so‘mlik 43 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Loyihalarning 34 tasi sanoat yo‘nalishida, 9 tasi xizmat ko‘rsatish sohasida bo‘lishi belgilangan. Ahamiyatli tomoni, «Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi»ning ishga tushirilishi natijasida 300 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Qiziltepa tuman hokimi, tuman qurilish bo‘limi arxitektori va boshqa mutasaddilar bilan hududda loyihalarni amalga oshirishi lozim bo‘lgan tadbirkorlar bilan uchrashdi.
🟢Uchrashuv davomida har bir tadbirkor bilan suhbatlashgan tuman rahbari ularning muammo va takliflarini tinglab, loyihalarni ishga tushirishni tezlashtirish bo‘yicha qatʼiy topshiriq berdi.
Navoiy viloyat qurilish bosh boshqarmasi matbuot xizmati
