❗️ “Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filiali tomonidan yangi sanoat zonalaridagi korxonalarni gaz bilan taʼminlash vazifalari olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 apreldagi “Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 2-ilovasiga asosan, “Zarafshon oyna” MCHJga qarashli float-shisha ishlab chiqarish zavodini gazlashtirish masalasi belgilab berilgan edi.

Ushbu qaror ijrosini taʼminlash maqsadida filialning loyiha bo‘limi va qurilish-montaj boshqarmasi tomonidan ishlab chiqarish obyektini gazlashtirish uchun diametri 159 mm bo‘lgan jami 6 km yuqori bosimli gaz tarmoqlari tortildi.

Navoiy viloyat qurilish bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
