❗️Hozirgi kunda O‘zbekistonda 800 mingdan ortiq qozoq millatiga mansub aholi istiqomat qiladi: bu qozoq etnosining Qozog‘iston tashqarisida, MDH mamlakatlarida yashaydigan eng yirik qismi hisoblanadi. Shuningdek 370 ta qozoq tilida taʼlim olib boriladigan maktablar mavjud, yetti fakultetda ushbu maktablar uchun o‘qituvchilar tayyorlanadi. Viloyatimizning Tomdi, Konimex, Uchquduq tumanlari Zarafshon shahri aholisining aksariyati qozoq millatiga mansub. Viloyat teleradiokompaniyasida qozoq tilida tayyorlargan ko‘rsatuvda viloyatimizda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, xususan Tomdi, Uchquduq tumanlarida tiklangan ijtimoiy soha obyektlari, taʼlim muassasalari, aholi yashash xonadonlari xalqimizning tinch-xotirjam hayoti, yaxshi kunlariga xizmat qilayotgani haqida hikoya qilingan.
Navoiy viloyat qurilish bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
