Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi

Ishonch telefoni:
+998 79 2205011

Navoiy viloyati Navoiy shahri
Zarapetyan ko'chasi 10-uy

Navoiy viloyat qurilish bosh boshqarmasida Navoiy viloyat hokimligi qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Bobomurodov Bekzod Nuriddinovich rahbarligida kengaytirilgan tarzda yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda viloyat qurilish sohasining barcha rahbarlari,  xususan, viloyat  qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi, shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi DUK filiali, qurilishda tanlov savdolarini tashkil etish hududiy konsalting markazi, viloyat qurilish bosh boshqarmasining tarkibiy ishchi hodimlari hamda shahar, tuman boʻlimlari, Navoiy viloyati Avtomobil yoʻllari xududiy boshqarmasi, uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi, Hududgaz Navoiy MCHJ, obodonlashtirish bosh boshqarmasi, hududiy elektr tarmoqlari va boshqa tashkilotlarning mutasaddi rahbarlar ishtirok etdi. Kun tartibidagi tashkiliy masala, viloyat qurilish bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan Omonkul Muxammatovich Mingliyevning oʻz arizasiga binoan ishdan ozod etilgani va mazkur lavozimga Akbar Ishpoʻlatovich Niyozovning rahbar etib tayinlangani yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-maydagi 269-son qarori yigʻilganlarga oʻqib eshittirildi. Shuningdek, masala yuzasidan soʻzga chiqqanlarning fikr-mulohazalari, takliflari tinglandi. Rahbariyat tomonidan mutasaddilarga, qurilish sohasini isloh etish borasida olib borilayotgan siyosatni toʻlaqonli ijro etilishini nazoratga olish, sustkashlikka yoʻl qoʻymaslik, tizimni yanada takomillashtirishga qaratilgan hukumat va davlat rahbarining farmon hamda qarorlarini oʻz vaqtida bajarish, qabul qilingan davlat dasturlari ijrosini taʼminlash,  “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasurlarining amalga oshirilishi, Yangi Oʻzbekiston massivlari va boshqa muhim vazifalar boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berildi.

Bosh boshqarma matbuot xizmati

NAVOIY VILOYATI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI BOSH BOSHQARMASI

Navoiy viloyati Navoiy shahri Zarapetyan ko'chasi 10-uy
Matbuot xizmati: 79 220-50-12
ish kunlari: Dushanba-Juma
Ish vaqti: 9:00-18:00
Tushlik: 13:00-14:00
Copyright © 2021 • Softex • All rights reserved.