Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi

Ishonch telefoni:
+998 79 2205011

Navoiy viloyati Navoiy shahri
Zarapetyan ko'chasi 10-uy

Soʻnggi yillarda mamalakatimizda Yangi Oʻzbekistonga xos boʻlgan qurilish sohasida zamonaviy bunyodkorlik ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Oʻzbekistonning barcha hududlarida xalqaro darajadagi bino va inshootlar majmualari bilan bir qatorda, qishloq hududlarda ham shahar sharoiti tipidagi aholi turar joylari qad rostlamoqda. Eʼtiborli jihati yildan-yilga aholi uchun qurilayotgan uy-joylar soni ortib, ularni arzon narxlarda sotib olish uchun fuqarolarimizga bir qator qulayliklar yaratib berilmoqda.

   Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash, hududlarda zamonaviy shaharsozlik talablari asosida koʻp qavatli uy-joylar, ijtimoiy soha va infratuzilma obyektlari hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari qurilishini jadallashtirish, yer resurslaridan oqilona foydalanish va aholi punktlarining urbanizatsiya jarayonlarini rivojlantirish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil
9-dekabrdagi “Yangi Oʻzbekiston” massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-32-sonli Farmoni chiqdi. Unga asosan Navoiy viloyatida
2 ta – Karmana va Qiziltepa tumanlaridagi 41 gektar yer maydonida “Yangi Oʻzbekiston” massivlari qurilishi rejalashtirildi.

 Mazkur massivlarda2022-yilda jami 600 xonadonli 30 takoʻp qavatliuy-joylar qurilishi belgilangan. Shu bilan birga ushbu hududlarda aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida ijtimoiy soha obyektlari qurilishga eʼtibor qaratilgan boʻlib, 950 oʻrinli 1 ta umumtaʼlim maktabi, 120 oʻrinli 2 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti hamda 2 ta tibbiyot muassasasi barpo etilishi koʻzda tutilgan. Bundan tashqari hududda bozor infratuzilma obyektlari, mahalla, aholi dam olish maskani, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish obyektlari qurilishi belgilangan. Faktlarga eʼtibor qaratadigan boʻlsak, Muhandislik tarmoqlari boʻyicha jami 5,5 km.ichimlik suvi tarmogʻi va 2 ta suv inshooti, 1,8 kmoqova suvi tarmogʻi va 1 ta oqova suv inshooti, 25,8 kmelektr, 3,5 kmtabiiy gaz hamda 4,8 kmaloqa tarmoqlari quriladi. Mazkur tarmoqlarni qurilishi viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi, “Hududgaz-Navoiy” GTF, “Navoiy HETK” AJ tomonidan amalga oshiriladi. “Qishloq qurilish loyiha” MCHJ IK Navoiy viloyati filiali tomonidan massivlarni qurish loyihalari ishlab chiqilib, Qurilish vazirligi huzuridagi Davlat ekspertizasiga taqdim etilgan. Hududlarda qurilishi rejalashtirilganijtimoiy soha obyektlarining loyiha-smeta hujjatlari viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi buyurtmachiligida ishlab chiqish ishlari toʻliq nihoyasiga yetkazilganini mamnuniyat bilan taʼkidlash mumkin.

Massivlarda joriy yilda qurilishi rejalashtirilgan
Karmana tumanidagi 20 ta va Qiziltepa tumanidagi 10 ta 30 ta koʻp qavatli uy-joylar uchun tanlangan yer uchastkalari lotlarga boʻlinib, barchasi “e-auksion” elektron tizimi orqaliauksion savdolariga chiqarilgan hamda auksion orqali sotildi. Bunda Karmana tumani “Doʻstlik” MFY hududidagi massivda «AGROMIR BUILDINGS» MCHJ tomonidan 14 ta
280 xonadonli uy-joylar, «ALISHER QURUVCHI SERVIS» xususiykorxonasitomonidan 4 ta 80 xonadonli uy-joylar, «MODERN BUILDINGCOMPANY» MCHJtomonidan 1 ta 20 xonadonli uy-joylar va tadbirkor Umidjon Mamatov tomonidan 1 ta 20 xonadonli uy-joylar
“e-auksion” elektron tizimi orqali yutib olinganligini taʼkitdlab oʻtish joiz.

Qiziltepa tumani “Malikobod” MFYhududidagi massivda «AGROMIR BUILDINGS» MCHJ tomonidan 8 ta
160 xonadonli uy-joylar, «SHAXRI-NUR 2022» MCHJtomonidan 2 ta 40 xonadonli uy-joylar “e-auksion” elektron tizimi orqali yutib olingan.

Ahamiyatli tomoni, bugungi kunda 30 ta 600 xonadonli uy-joylarning barchasiga loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib ekspertiza xulosalari olingan, viloyat Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan roʻyxatdan oʻtgan va barchasida qurilish ishlari boshlanib, uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.

Belgilangan rejaga koʻra, joriy yilning 1-oktyabrga qadar koʻp qavatli uy-joylar qurilishi toʻliq nihoyasiga yetkaziladi.

Navoiy viloyati hududi jihatdan respublikamizda eng katta viloyat hisoblanadi, turli millat vakillari, turli madaniyat uygʻunlashgan maskan. Viloyatda tiklanayotgan Arxitektura namunalarida ham ana shunday oʻziga xos xilma-xillik koʻzga tashlanadi. Aholi punktlarini qurishda kompleks yondashuv asosida uy-joy, turli bino va inshootlar bilan birga hududlarda ijtimoiy infratuzilma obyektlari, savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalari, taʼlim, tibbiyot va madaniyat muassasalari, yangi istirohat bogʻlari va xiyobonlar, favvoralar, bolalar maydonchalari va sport maskanlari ham bunyod etilishiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Yangi inshootlar, ishlab chiqarish majmualari, savdo komplekslari va boshqa inshootlarning qurilishi hisobiga hududdagi aholining nafaqat yashash tarzi yuksalyapti balki qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratilyapti, aholi bandligi taʼminlanyapti.

NAVOIY VILOYATI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI BOSH BOSHQARMASI

Navoiy viloyati Navoiy shahri Zarapetyan ko'chasi 10-uy
Matbuot xizmati: 79 220-50-12
ish kunlari: Dushanba-Juma
Ish vaqti: 9:00-18:00
Tushlik: 13:00-14:00
Copyright © 2021 • Softex • All rights reserved.