Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi

Ishonch telefoni:
+998 79 2205011

Navoiy viloyati Navoiy shahri
Zarapetyan ko'chasi 10-uy

Joriy yilning 17 feral kunida Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi majlislar zalida Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha doimiy komisiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha doimiy komisiyasi raisi N.Togʻayeva raisligida boʻlib oʻtgan komissiya yigʻilishida “Harakatlar strategiyasidan-Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan 7 ta ustuvor yoʻnalishdagi inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish hamda mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy shartiga aylantirish kabi yoʻnalishlarni keng omma oʻrtasida targʻib qilish, ishtirokchi sifatida faol qatnashish kabi masalalar yigʻilish kun tartibining asosiy mazmunini tashkil etdi. 

Yigʻilishda Kengashning navbatdagi oʻttiz birinchi sessiyasi kun tartibidagi masalalar hamda viloyat prokurorining “Viloyat hududida qonunchilikni taʼminlash, huquq-tartibotni mustahkamlash, ayniqsa yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida 2021 yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2022 yilga belgilangan maqsadli vazifalar” toʻgʻrisidagi, viloyat IIB boshligʻining “Viloyatda huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uni oldini olish, jamoat xavfsizligini taʼminlash borasidagi ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari” toʻgʻrisidagi hisobotlari, viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining “Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2021-yilda davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qoʻllash amaliyotining holati yuzasidan olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axboroti boʻyicha komissiya aʼzolari tomonidan fikr-mulohazalar bildirildi. Koʻrib chiqilgan masalalar boʻyicha doimiy komissiya qarori qabul qilinib, sessiya kun tartibiga tavsiyalar berildi.

NAVOIY VILOYATI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI BOSH BOSHQARMASI

Navoiy viloyati Navoiy shahri Zarapetyan ko'chasi 10-uy
Matbuot xizmati: 79 220-50-12
ish kunlari: Dushanba-Juma
Ish vaqti: 9:00-18:00
Tushlik: 13:00-14:00
Copyright © 2021 • Softex • All rights reserved.