Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi

Ishonch telefoni:
+998 79 2205011

Navoiy viloyati Navoiy shahri
Zarapetyan ko'chasi 10-uy

Navoiy viloyat qurilish bosh boshqarmasi va tizimdagi tashkilot hamda tuman, shahar qurilish boʻlimlari ishtirokida “Xodimlarining odob-axloq qoidalariga rioya etishi va kasbiy faoliyatida xolislikka tayanish, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik” mavzularida maʼnaviyat-maʼrifat soati boʻlib oʻtdi.       Tadbirda ishtirokchilarga qurilish sohasida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarni oldini olish yuzasidan keng qamrovli tushuntirishlar berildi. Qurilish bosh boshqarmasi xodimlariga fuqarolar bilan muloqotda hushmuomalada boʻlish, ularning murojaatlariga tezkorlik bilan javob qaytarish, bu borada sansalorliklarga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek belgilangan xizmat vazifalarini tezkorlik bilan amalga oshirish lozimligi, odob-axloq normalari, kasb etikasi yana bir bor eslatib oʻtildi.

Shuningdek, Navoiy viloyati qurilish bosh boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish ichki audit va komplayens nazorat boʻlimi boshligʻi Jamoliddin Qurbonovning, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5729-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-fevraldagi 72-f-son farmoyishida begilangan vazifalar yuzasidan maʼruzasi tinglandi. Davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan shart-sharoitlarga xodimlar halol va pok mehnati bilan, oʻz xizmat vazifalariga vijdonan yondashgan holda javob qaytarishi lozimligi taʼkidlandi.

 Viloyat qurilish bosh boshqarmasi matbuot xizmati.

NAVOIY VILOYATI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI BOSH BOSHQARMASI

Navoiy viloyati Navoiy shahri Zarapetyan ko'chasi 10-uy
Matbuot xizmati: 79 220-50-12
ish kunlari: Dushanba-Juma
Ish vaqti: 9:00-18:00
Tushlik: 13:00-14:00
Copyright © 2021 • Softex • All rights reserved.