Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi

Ishonch telefoni:
+998 79 2205011

Navoiy viloyati Navoiy shahri
Zarapetyan ko'chasi 10-uy

Jonajon Oʼzbekistonimizning yangi qiyofasini barpo etish, Vatanimizning yuksak taraqqiyotini taʼminlash, hayotimizni yanada obod va farovon etishda mohir arxitektor muhandislar, usta va meʼmorlar, loyihachi va pudratchi tashkilotlar vakillari – ming-minglab bunyodkor insonlarning olijanob mehnatini hech narsa bilan oʼlchab, baholab boʼlmaydi. Kun sayin chiroy ochib borayotgan yangi Oʼzbekistonimizning yangi qiyofasini qurish ham ularning zimmamizdagi ulkan sharafli ish! Аna shunday mehnat samarasi bilan shaharlar yanada koʼrkamlashyapti, qishloqlar shaharlarga tenglashyapti. Dunyoda tarixni yaratadigan kasb –bu arxitektor, quruvchilar kasbi desak, mubolagʼa boʼlmaydi. Yurtimizga ming-minglab tashrif buyurayotgan sayyohlar ham aynan oʼtmishdagi ajdodlarimiz tiklagan binolarni koʼrish va bugungi zamonaviy arxitektura namunalaridan bahra olish uchun keladi. Bejizga Аmir Temur bobomiz, kimki bizning kuch-qudratimizga shubha qilsa biz tiklagan binolarni kelib koʼrsin, demaganlar. Darhaqiqat, asrlar osha million yillar oʼtsa ham ulugʼ meʼmorlar qurgan binolar avloddan avlodga oʼtib har bir davrning arxitekturasi kuchi, qudratini koʼrsatib beradi. Bugun tiklanayotgan binolarimiz ham juda katta mehnat samarasi albatta bunda Navoiy viloyat qurilish bosh boshqarmasi va uning tizimidagi tashkilot, korxonalarning ham hissasi bor.

      Qurilish sohasi xodimlari kuni munosabati bilan oʼzining koʼp yillik sharafli va yuksak mehnati orqali mamlakatimizning qurilish sohasini ravnaq toptirishda munosib hissa qoʼshib kelayotgan Navoiy qurilish bosh boshqarmasi va uning tizimida xizmat qilayotgan bir guruh xodimlar boshqarma rahbariyati tomonidan tashakkurnoma va maxtov yorliqlari bilan taqdirlandi. Soha jonkuyarlariga koʼrsatilgan bunday eʼtibor, ularni yanada gʼayrat bilan mehnat qilishga, burch va masʼuliyat hislarini oshirishga undadi.

      Yangi Oʼzbekistonimizning yangi qiyofasi oʼz kasbiga sodiq, yurtini ardoqlagan va unga sadoqat bilan xizmat qilgan hamkasblarimizning, hamyurtlarimizning fidokorligi orqali bunyod boʼladi.

Bosh boshqarma matbuot xizmati.

NAVOIY VILOYATI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI BOSH BOSHQARMASI

Navoiy viloyati Navoiy shahri Zarapetyan ko'chasi 10-uy
Matbuot xizmati: 79 220-50-12
ish kunlari: Dushanba-Juma
Ish vaqti: 9:00-18:00
Tushlik: 13:00-14:00
Copyright © 2021 • Softex • All rights reserved.