Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasida Navoiy shahrida zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish va «Aqlli shahar» konsepsiyasini hayotga tatbiq etish maqsadida Pokistonlik taniqli ekspert, «Habib Rafiq Engineering» direktori va bosh texnolog Junayd Ahmad bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari Akbar Niyozov, viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Azizbek Otakulov va sohaga doir rahbar hamda ekspertlar ishtirokida muloqot olib borildi.

Muzokaralarda Navoiy shahri infratuzilmasini raqamlashtirish va innovatsion yechimlarni tatbiq etish,shahar boshqaruvi va kommunal tizimlarga “aqlli” texnologiyalarni (Smart suv, elektr va xavfsizlik tizimlari) integratsiya qilish, xalqaro tajriba asosida raqamli transformatsiya jarayonlarini tezlashtirish,

viloyat markazining raqamli kelajagini qurish bo‘yicha tomonlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
