🇺🇿 Otaqulov Azizbek Azimjonovich — Navoiy viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar u Navoiy viloyati Konimex tumani hokimining qurilish, to‘siqsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
