Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi

Ishonch telefoni:
+998 79 2205011

Navoiy viloyati Navoiy shahri
Zarapetyan ko'chasi 10-uy

Bugun Navoiy viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi jamoasiga yangi rahbar tanishtirildi.

Vazirning tegishli buyrug’iga muvofiq, Otaqulov Azizbek Azimjonovich Navoiy viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlov munosabati bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva ishtirok etib, soha oldida turgan ustuvor vazifalar, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni samarali tashkil etish masalalariga to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir davomida yangi rahbarning ko‘p yillik mehnat faoliyati va boshqaruv tajribasi e’tirof etildi hamda kelgusida sohani yanada rivojlantirish, aholi uchun munosib va qulay yashash sharoitlarini yaratish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berildi.

Otaqulov Azizbek Azimjonovichga mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Navoiy viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati.

NAVOIY VILOYATI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI BOSH BOSHQARMASI

Navoiy viloyati Navoiy shahri Zarapetyan ko'chasi 10-uy
Matbuot xizmati: 79 220-50-12
ish kunlari: Dushanba-Juma
Ish vaqti: 9:00-18:00
Tushlik: 13:00-14:00
Copyright © 2021 • Softex • All rights reserved.