🔹Bugun Davlar arxitektura nazorati departamenti vakili hamda bosh boshqarma arxitektorlari Xatirchi tumanida bo‘lib, aholidan tushgan murojaatlar va noqonuniy qurilishlarni o‘rgandi.

🔹 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 28 martdagi 192-son Davlat arxitektura nazoratini amalga oshirishning yangi mexanizmini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori yuzasidan nazorat tadbirlari o‘tkazilib, aholi turar joylardagi o‘zboshimchalik bilan amalga oshirilgan qurilishlar, tadbirkorlar tomonidan olib borilayotgan noqonuniy qurilishlar aniqlanib, ushbu holatlarga yo‘l qo‘ygan yuridik va jismoniy shaxslar ogohlantirildi.

Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
