Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi

Ishonch telefoni:
+998 79 2205011

Navoiy viloyati Navoiy shahri
Zarapetyan ko'chasi 10-uy

📍Navoiy viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasida Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan Arxitektura shaharsozlik kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i v.b – viloyat bosh arxitektori Ozodon Shodiyev, kengash ishchi organi vakillari hamda tegishli mutaxassislar ishtirok etdi.

🏗 Yig‘ilish davomida Navoiy viloyatida joriy yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan 2 ta qurilish obyektining loyihalash jarayoni muhokama qilindi. Shu bilan birga 19 ta qurilish ruxsatnomasi tahlil qilinib, tegishli hujjatlarning qonunchilik talablariga muvofiqligi ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish yakunida kengash a’zolarining xulosalariga asosan qurilish obyektlariga doir tegishli hujjat va ruxsatnomalar berildi. Ushbu qarorlar viloyatda shaharsozlikni rivojlantirish, arxitektura talablariga mos loyihalarni amalga oshirish hamda qurilish jarayonlarining qonuniyligini ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Navoiy viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati.

NAVOIY VILOYATI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI BOSH BOSHQARMASI

Navoiy viloyati Navoiy shahri Zarapetyan ko'chasi 10-uy
Matbuot xizmati: 79 220-50-12
ish kunlari: Dushanba-Juma
Ish vaqti: 9:00-18:00
Tushlik: 13:00-14:00
Copyright © 2021 • Softex • All rights reserved.