Tadbir
14-Yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Navoiy viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasida «Vatanparvarlik -milliy yuksalish kafolati» mavzusida maʼnaviyat va maʼrifat soati o‘tkazildi.

Unda vatanni eʼzozlash va himoya qilish muqaddas burch ekanligi, bu borada milliy armiyamizda olib borilayotgan faoliyat, erishilgan yutuqlar haqida so‘z bordi. Tadbir so‘ngida jamoada faoliyat olib borayotgan, o‘zining mehnati bilan namuna ko‘rsatib kelayotgan erkaklar Qurolli kuchlar tashkil topganining 32 yilligi 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni bilan muborakbod etilib, esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
