Yangi uy-joylar qurilishi va aholi turmush sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar
✔️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 13 apreldagi “2023 yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-51-sonli Farmoniga muvofiq, 2023 yilda Navoiy viloyatida jami 2134 xonadonli 44 ta ko‘p kvartirali turar-joy binolari foydalanishga topshirildi.
✔️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 dekabrdagi “2023-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-465-sonli qaroriga asosan 2023 yilgi Investitsiya dasturiga muvofiq
✔️Navoiy viloyatida 2023 yilda jami 68 ta obyektlar yaʼni, 57 ta 2023 yilda topshiriladigan, 11 ta yildan-yilga o‘tuvchi obyektlarda 285 mlrd so‘mlik qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga oshirish belgilangan.
Shundan:
a) Viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” DUK tomonidan 41 ta qiymati — 78,3 mlrd.so‘m bo‘lgan obyektga buyurtmachi etib belgilangan.
Mazkur 41 ta obyektlardan, 39 tasi 2023 yilda foydalanishga topshiriladigan, 2 tasi yildan-yilga o‘tuvchi hisoblanadi.
✔️2023 yilda 73,7 mlrd.so‘mlik (94%) qurilish ishlari amalga oshirilib, 70,1 mlrd.so‘m (89%) mablag‘ moliyalashtirildi hamda 38 ta (3 ta tibbiyot, 10 ta maktab, 5 ta bog‘cha, 8 ta sel, 12 ta boshqa obyektlar) foydalanishga topshirildi.
Vazirlik va idoralar buyurtmachiligida 27 ta obyektda qiymati – 206,6 mlrd.so‘mlik ishlar amalga oshiriladi.
✔️Ushbu 27 ta obyektlardan, 18 tasi 2023 yilda foydalanishga topshiriladigan, 9 tasi yildan-yilga o‘tuvchi hisoblanadi.
Ushbu obyektlarda jami191,0 mlrd.so‘mlik (92%) qurilish ishlari amalga oshirilib, 174,9 mlrd.so‘m (85%) mablag‘ moliyalashtirildi hamda 14 ta obyekt (4 ta suv, 2 ta issiqlik taʼminoti, 3 ta yo‘l, 1 ta irrigatsiya, 2 ta melioratsiya va 2 ta boshqalar) foydalanishga topshirildi va 4 ta keyingi yilga o‘tuvchi obyektlarning (1 ta yo‘l, 1 ta irrigatsiya va 2 ta elektr taʼminoti) belgilangan limiti o‘zlashtirildi.
Navoiy viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
