Yana bir quvonchli voqea — Navoiy shahridagi “Matonat” mahallasi jamoasi va fuqarolari uchun qo‘shaloq bayram sovg‘asi bo‘ldi. Yangi yil bayrami arafasida foydalanishga topshirilayotgan zamonaviy mahalla binosi barchani birdek sevintirdi.

Tantanali ochilish marosimida Navoiy shahar hokimi M.Egamqulov hamda Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Sh.Nabiyev, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Yangi yil arafasida ko‘plab hududlarda yangi va zamonaviy inshootlar qad rostlab, yurtimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shayotgani, bunyodkorlik sohasida olib borilayotgan ishlar samarasidan darakdir.
Navoiy viloyat qurilish bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
