Xatirchi tumanidagi “Yangirabot”, Nurota tumanidagi “Sentob” va Navoiy shahridagi “Bahor” mahalla fuqarolar yig‘inlari o‘z maʼmuriy binosiga ega bo‘ldi.


Shu munosabat bilan o‘tgan ochilish marosimlarida viloyat hamda tuman va shahar hokimliklari masʼullari, mahalla faollari, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.


Tadbirlarda so‘zga chiqqanlar insonga eʼtiborning ortishi natijasida ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlarni eʼtirof etishdi.
Foydalanishga topshirilgan barcha binolarda mahalla raisi, hokim yordamchisi, profilaktika inspektori, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoli uchun ajratilgan xonalar zamonaviy mebellar bilan jihozlanib, qulay ish sharoiti yaratilgan.
