❗️Yaqinda o‘zining 40 yillik yubiley to‘yini nishonlash arafasida turgan «Do‘stlik bayrog‘i» va «Znamya drujbi» gazetalari tahririyati davlat unitar korxonasi Navoiy viloyat hokimligining bosh nashri hisoblanadi. O‘zbek va rus tillarida alohida nashr qilinib kelinayotgan ushbu gazetalarda viloyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, hududda olib borilayotgan islohotlar, erishilayotgan yutuqlar va amalga oshirilayotgan yangi loyihalar muntazam yoritib boriladi.
🔹 Ayni kunlarda mamlakatimizda bosma nashrlarga 2023 yil uchun obuna mavsumi davom etmoqda. Shu munosabat bilan korxona, tashkilot, MCHJlar tomonidan «Do‘stlik bayrog‘i» va «Znamya drujbi» gazetalarining obunasini tashkil qilishda amaliy yordam berilishi maqsadga muvofiq.
❗️ Viloyatimiz oynasi bo‘lgan gazetani qo‘llab-quvvatlaylik!
Qurilish bosh boshqarmasi matbuot xizmati
