Viloyatning eng olis hududi bo‘lgan Tomdi tumani Qozog‘iston bilan chegaradosh bo‘lib unda turli millat vakillari ahil-inoqlikda hayot kechirmoqda. Yaqinda tumanning “Tomdibuloq” ovul fuqarolar yig‘inining yangi binosi qurib foydalanishga topshirildi.


Yangi binoning ochilish marosimida, yurtimizda olib borilayotgan islohotlar, aholining turmush darajasini yaxshilash borasidagi ishlar haqida tuman mutasaddi rahbarlarining so‘zlari tinglandi. Ovulning piru badavlat insonlari, keng jamoatchilik vakillari yangi binodagi shart-sharoitlar bilan tanishdilar.
