Navoiy viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Normat Tursunov rahbarligidagi mutasaddilar, Navoiy shahrida qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilayotgan bir qator obyektlarda bo‘lib, jarayonlarni ko‘zdan kechirdi.

Jumladan, viloyat rahbari “Yoshlar Texnoparki”da bo‘lib, binoning jihozlanishi, yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Innovatsion loyihalar yaratayotgan yoshlarni ushbu maskanga keng qamrab olish, ularning g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘z tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.


Shuningdek, yangidan bunyod etilgan “Bolalar qo‘g‘irchoq teatri” binosidagi qurilish ishlarining yakuniy bosqich jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Viloyat rahbari teatrda tomoshabinlar va aktyorlarga yaratilayotgan sharoitlarni yaxshilash yuzasidan mutasaddilarga ko‘rsatma va tavsiyalar berib, bu boradagi ishlarda sifatga alohida eʼtibor qaratish zarurligini taʼkidladi.
Navoiy viloyat qurilish bosh boshqarmasi axborot xizmati.
