Cho‘l bag‘rida joylashgan olis Tomdi tumanida olib borilayotgan yangilanishlar, bunyodkorlik aholi turmush darajasini yaxshilashga xizmat qilmoqda. Tumanda «Obod qishloq» Davlat dasturi doirasida bir yo‘la 2 ta maktab yangidan bunyod etilib foydalanishga topshirildi.

Loyiha qiymati 3,1 mlrd. so‘m bo‘lgan 1-sonli ixtisoslashgan davlat umumtaʼlim maktabining 120 o‘rinli yangidan tiklangan zamonaviy o‘quv binosi tomdiliklarni xushnud etgan bo‘lsa, xalq taʼlimi muassasasi va tuman mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 3 mlrd. 209 mln. so‘m mablag‘ evaziga qurilgan 140 o‘rinli 12- umumtaʼlim maktabi o‘quvchi yoshlar uchun o‘ziga xos to‘hfa bo‘ldi.
Taʼlim dargohlari zamonaviy ko‘rinishdagi sport zal, labarotoriya xonalari, tamosha zali, kutubxona bilan taʼminlangan.
Navoiy viloyat qurilish bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
