Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi

Ishonch telefoni:
+998 79 2205011

Navoiy viloyati Navoiy shahri
Zarapetyan ko'chasi 10-uy

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-avgustda “Norasmiy bandlik ulushini qisqartirish hamda mehnat resurslari balansini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-366-sonli Qarori qabul qilingan.

Mazkur Qarorda, 2023-yil 1-yanvardan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun ijtimoiy soliq summasining eng kam miqdori oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizidan yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarigacha kamaytirilishi (bunda savdo majmualari va bozorlarda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar mustasno) belgilangan.

Shuningdek, Qarorning 2-bandida, 2023-yil 1-yanvardan boshlab, yakka tartibdagi tadbirkorlarga murakkab bo‘lmagan umumiy qurilish va qurilish-ta’mirlash ishlari (beton quyish, bo‘yoqchilik, suvoqchilik ishlari, g‘isht va kafel terish, perforatsiya, duradgorlik, chilangarlik va boshqa umumiy qurilish ishlari)ni (keyingi o‘rinlarda – umumiy qurilish ishlari), shu jumladan yuridik shaxslar uchun ham bajarishiga ruxsat berilgan.

Qolaversa, qurilish-pudrat tashkilotlariga umumiy qurilish ishlarini bajarish uchun shartnoma asosida yakka tartibdagi tadbirkorlikni jalb qilishi ham ko‘zda tutilgan. Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlarga umumiy qurilish ishlarini bajarish uchun besh nafargacha xodimlarni yollashga ruxsat etilishi, hamda umumiy qurilish ishlarini bajarish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan hamda kamida uch nafar xodimni yollagan yakka tartibdagi tadbirkorga Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mehnat qurollari va asbob-uskunalar sotib olishiga subsidiya ajratilishi va subsidiya miqdori bitta xodim uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan oshmasligi lozimligi belgilab qo‘yilgan.

Qarorning 4-bandida, Qurilish vazirligiga: qurilish-pudrat tashkilotlari o‘rtasida umumiy qurilish ishlariga yakka tartibdagi tadbirkorlarni keng jalb qilish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borishi; yakka tartibdagi tadbirkorlarni O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish, “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari doirasida bajariladigan umumiy qurilish ishlariga keng jalb qilishi yuzasidan topshiriqlar berilgan.

NAVOIY VILOYATI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI BOSH BOSHQARMASI

Navoiy viloyati Navoiy shahri Zarapetyan ko'chasi 10-uy
Matbuot xizmati: 79 220-50-12
ish kunlari: Dushanba-Juma
Ish vaqti: 9:00-18:00
Tushlik: 13:00-14:00
Copyright © 2021 • Softex • All rights reserved.