🏗 Ko‘p kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish uchun jismoniy va yuridik shaxslarning mablag‘larini jalb qilish faqat yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan hamda ulush kiritish asosida qurish uchun mablag‘larni jalb etuvchi quruvchilarning elektron ro‘yxatiga kiritilgan quruvchilar tomonidan amalga oshirilishi mumkin;
🏡 quruvchilar qurilish-montaj ishlarini o‘z kuchi bilan yoki qurilish-pudrat tashkilotlarini (bosh pudratchini) jalb qilgan holda amalga oshirishi mumkin. Bunda bosh pudratchi quruvchi bilan tuzilgan bosh pudrat shartnomasiga asosan qurilish-montaj ishlarini olib borish uchun ishlar (xizmatlar) qiymatining kamida 30 foizini o‘z kuchi bilan bajarish sharti bilan subpudrat tashkilotlarini jalb qilishi mumkin;
🏢 nizomga muvofiq, quruvchi qurilish-montaj ishlarini o‘z kuchi bilan amalga oshirishi mumkin. Bunda, quruvchi mazkur Nizom bilan qurilish-pudrat tashkiloti va quruvchi uchun belgilangan talablarga javob berishi lozim (quruvchi mazkur talablarga javob beradigan qurilish-pudrat tashkiloti tomonidan taʼsis etilgan hollarda unga ushbu Nizom (https://lex.uz/docs/4831129#4832812) bilan qurilish-pudrat tashkiloti uchun belgilangan talablar qo‘yilmaydi);
🏗 quruvchilar ulushdorlarning mablag‘lari sarflanishi hamda qurilish obyektidagi ishlar haqida doimiy ravishda o‘zlarining rasmiy veb-saytlari yoki ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida axborot berib boradilar, shuningdek, qurilish obyektini onlayn rejimida kuzatish imkoniyatini taʼminlaydilar.
