Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi

Ishonch telefoni:
+998 79 2205011

Navoiy viloyati Navoiy shahri
Zarapetyan ko'chasi 10-uy

Navoiy shahrida yangi tashkil etilgan Guliston-3 massivi tibbiyot shaharchasi ko‘rinishini oldi. Bu yerda 110 o‘rinli kasalxona va 40 o‘rinli tug‘ruq majmuasi bunyod etilib foydalanishga topshirildi. Salkam 40 mlrd. so‘m mablag‘ evaziga bunyod etilgan ushbu shifoxona tarkibida qabul bo‘limi, jarrohlik, terapiya, bolalar, reanimatsiya, shoshilinch yordam bo‘limlari hamda tug‘ruq majmuasi shahar aholisiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsata boshladi.
Xorijiy tibbiyot muassasalarining ilg‘or tajribasi, shifokor va bemorlar uchun barcha sharoitlarni hisobga olib ishlab chiqilgan shifoxona binosi «MINOR MILLENIUM» MCHJ quruvchilari tomonidan, 100 dan ziyod mahalliy ustalar mehnati bilan bunyod bo‘ldi. Inshoot 4 qavatli bo‘lib, yerto‘la qismiga ham ega. Xonalar soni 300 tani tashkil etadi. Har bir xonada alohida ventilatsiya tizimi tashkil etilgan bo‘lib, qishda isitish, yozda sovutishni taʼminlab beradi. Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun har bir zinada panduslar va 4 ta lift o‘rnatildi. Shuningdek, ishlatilgan qurilish mahsulotlarining 80 foizi mahalliy ishlab chiqaruvchilar hissasiga to‘g‘ri keldi.

NAVOIY VILOYATI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI BOSH BOSHQARMASI

Navoiy viloyati Navoiy shahri Zarapetyan ko'chasi 10-uy
Matbuot xizmati: 79 220-50-12
ish kunlari: Dushanba-Juma
Ish vaqti: 9:00-18:00
Tushlik: 13:00-14:00
Copyright © 2021 • Softex • All rights reserved.