Navoiy viloyatida Mustaqillik bayrami arafasida ijtimoiy soha obyektlari, turar-joy binolari, maʼmuriy binolar, ishlab chiqarish, sanoat zonalari qurilib bayram arafasida foydalanishga topshirilayotgani aholining yashash sharoitini yaxshilash, farovon turmush tarzini shakllantirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish kabi ezgu maqsadlarga xizmat qilmoqda.

Qiziltepa tumaning Bo‘lakrabot mahallasida “Zarafshon bo‘rdoqichilik” MCHJ tomonidan «Eco feed»donador omuxta yem ishlab chiqarish zavodi qurilib ishga tushirildi. Turkiyalik hamkorlar bilan birgalikda tiklangan inshootning loyiha qiymati 20,2 milliard so‘mga teng bo‘lib, ishlab chiqarish quvvati yiliga 72 ming tonnani tashkil etmoqda.

