Navoiy viloyatining Navbahor tumani «Chorvoqguzar» mahallasida loyiha qiymati 3 mlrd 365 mln so‘mlik 120 o‘rinli bolajonlar uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lgan yangi, zamonaviy davlat xususiy sherikchilik asosida nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi ishga tushdi.

Ikki qavatli inshootda tarbiyalanuvchilar uchun munosib shart-sharoitlar hozirlangan:
rus tili, ingliz tili, mental arifmetika xonalari, musiqa va sport zallari zamonaviy jihozlanib foydalanishga topshirildi.
Muassasa ishga tushishi munosabati bilan 20 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Yil oxiriga qadar tumanda davlat sherikchilik asosida 4 ta MTM binosi qurilib foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Shu tariqa tumandagi 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 100 foizi taʼlim-tarbiya bilan qamrab olinadi.
