Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi

Ishonch telefoni:
+998 79 2205011

Navoiy viloyati Navoiy shahri
Zarapetyan ko'chasi 10-uy

Maʼlumki korrupsiya illatiga qarshi kurash olib borilayotgan bugungi kunda har bir sohada maʼnaviy-maʼrifiy, huquqiy mavzularda tadbirlar, davra suhbatlari olib borilmoqda. Navoiy viloyati Qurilish bosh boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-fevraldagi “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-138-son hamda 2022-yil 14-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-154-son Farmon va qarorlari ijrosini taʼminlash hamda “Korrupsiya qarshi kurashish uni oldini olish” maqsadida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi “Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish” boʻlimi masʼul xodimlari S.Latipov, F.Safarovlar ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi.

Davra suhbat davomida soʻzga chiqqan viloyat bosh meʼmori A.Xolmuminov, yurist konsult R.Arziyev, komplayens nazorat bosh mutaxassisi J.Qurbonovlar, korrupsiya illatining keltirib chiqaruvchi sabablar, uning oqibatlari, qonunchilikda bu boʻyicha belgilangan yangi normalar, qonun loyihasidagi yangi moddalar haqida soʻz yuritishdi. Korrupsiya jinoyatiga bagʻishlangan film tadbir ishtirokchilarida chuqur taasurot qoldirdi.

Zero, insondagi nafs domiga tushib xato yoʻlga kirishning badali ogʻir boʻlishi, jinoyatga jazo tayinligi va bu jazo ozodlikdan mahrum boʻlishdek achchiq oqibatlarni keltirib chiqarishi aks etgan tasvirlar yigʻilganlarni mushohadaga chorladi. Bir soʻz bilan aytganda, korrupsiya murosa qilib boʻlmas jinoyatdir. Uni tag-tomiri bilan sugʻirib tashlash yoʻlida olib borilayotgan islohotlar xalqimizning ertangi faravon va tinch kuni, kelajagi uchun xizmat qilish, yurtimizda adolat va tenglik, qonunga itoat etish va uni hurmat qilish kabi fuqarolik pozitsiyasini shakllantirayotgani bilan ahamiyatlidir.

NAVOIY VILOYATI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI BOSH BOSHQARMASI

Navoiy viloyati Navoiy shahri Zarapetyan ko'chasi 10-uy
Matbuot xizmati: 79 220-50-12
ish kunlari: Dushanba-Juma
Ish vaqti: 9:00-18:00
Tushlik: 13:00-14:00
Copyright © 2021 • Softex • All rights reserved.