Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi

Ishonch telefoni:
+998 79 2205011

Navoiy viloyati Navoiy shahri
Zarapetyan ko'chasi 10-uy

Yaqinda Navoiy viloyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi rahbarligida vazirliklar, sektorlar, hududiy tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirokida ommaviy sayyor qabul boʻlib oʻtdi.

Aholi bilan toʻgʻridan toʻgʻri muloqot tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolar muammolari bilan ishlashni samarali tashkil etish, hududlarda yechimini kutayotgan masalalarni “mahallabay” oʻrgangan holda joyida va tezkor hal etish maqsadida tashkil etilgan ommaviy sayyor qabulda Navoiy, Zarafshon va Gʻozgʻon shaharlari hamda Karmana, Navbahor, Qiziltepa, Konimex, Nurota  tumani aholisi vakillarini qiynab kelayotgan muammolar 30 ga yaqin vazirlik va idoralar rahbar va vakolatli masʼullari tomonidan tinglandi.

Sayyor qabulda qurilish sohasi bilan bogʻliq muammolar, tadbirkorlarni qiynayotgan masalalarga ham alohida eʼtibor qaratildi. Aholidan kelib tushgan aksariyat murojaatlar, qurilishi tugallanagan yakka tartibdagi turar- joy binosini foydalanishga qabul qilish, oʻz hududidan chiqmagan holda noturar toifasiga oʻtkazish, koʻchma doʻkon oʻrnatish, ipoteka krediti asosida uy-joy qurilishi, uy-joyni taʼmirlash, yakka tartibdagi turar-joy binosining loyiha-smeta hujjatlarini kelishish hamda qurilishda ekologiya xulosasini olishda amaliy yordam soʻrab qilingan koʻplab murojaatlar, qurilish vaziri oʻrinbosari Oʻ. Toʻrayev, viloyat hokimligi va qurilish bosh boshqarmasi mutasaddilari tomonidan oʻrganilib, fuqarolarga huquqiy, amaliy yordam berildi. Karmana tumanining Malik massivi Gulshan qishlogʻida mahalla binosini tiklash masalasi bilan bogʻliq muammo shu yerning oʻzida yechim topdi. 1 milliard soʻmga baholangan mahalla binosini tiklash ishlari qabul kunidayoq boshlab yuborildi. Karmana tuman hokimi Gulshan MFY yordamchisi Aziz Suvonovning taʼkidlashicha, mahalla guzari bilan birgalikda mahallada sport maydonchasi, otalar choyxonasi ham tiklanadi. Bu qurilishlar mahallada yashayotgan 2705 nafar fuqaroning turmush sharoitin yaxshilashda xizmat qiladi. Shu kabi sohada qurilishi oqsayotgan yoki qay bir sabab bilan muammoga duch kelib yechimini kutayotgan masalalarga oydinlik kiritilib yordam berildi.
      Tadbirda, huquq-tartibot, sogʻlikni saqlash, bandlik, ijtimoiy himoya masalalariga eʼtibor qaratildi. Qabulda murojaat qilgan 20 dan ziyod xotin-qizlar Navbahor tumanidagi “Qorajon-tekstil” hamda Karmana tumanidagi Jaloyir tikuvchilik korxonalariga ishga joylashtirildi. Navbahor tumani “Yangi hayot” mahallasida yashovchi B. Poʻlatov “Uzsuvtaʼminot” masʼullaridan ichimlik suvi yetkazib berishda amaliy yordam soʻradi fuqaro murojaati joyiga borib oʻrganilgach, ushbu mahallaga 7 kilometrdan ziyod suv quruvlari tortish ishlari boshlab yuborildi. “Hududgaz” taʼminoti korxonasiga murojaatdan soʻng, Konimex tumani olis choʻl hududlarda yashovchi choʻpon oilalariga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berildi. Shu tariqa, murojaatlar asosida ehtiyojmand insonlarga nogironlik aravachalari, protez-ortopediya mahsulotlari tarqatildi, davolanishi uchun moddiy koʻmakka muhtoj kishilar va oliy taʼlimda kontrakt pullarini toʻlashda qiynalayotgan talabalarga, subsidiya soʻrab murojaat qilganlarga amaliy yordam berildi. Xususan, Navoiy viloyatida uch kun davom etgan ommaviy sayyor qabulda 1713 ta masala koʻrib chiqilib 743 ta masala joyida hal qilindi. 306 nafar murojaatchiga huquqiy maslahat va tushuntirish ishlari olib borilgan boʻlsa, 664 ta murojaat nazoratga olindi ularni hal qilish uchun aniq muddat belgilanib Prezident Adminstratsiyasi va xalq qabulxonasi tomonidan nazoratga olindi. Bir soʻz bilan aytganda, sayyor qabul har bir murojaatchi uchun manfaatli boʻldi va aholining turmush sharoitini yaxshilash, muammolarini hal etishda muhim jarayon sifatida xizmat qildi.

Qurilish bosh boshqarmasi

Matbuot xizmati.

NAVOIY VILOYATI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI BOSH BOSHQARMASI

Navoiy viloyati Navoiy shahri Zarapetyan ko'chasi 10-uy
Matbuot xizmati: 79 220-50-12
ish kunlari: Dushanba-Juma
Ish vaqti: 9:00-18:00
Tushlik: 13:00-14:00
Copyright © 2021 • Softex • All rights reserved.